SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

12-iyul – mutafakkir Abdulla AVLONIY tavallud topgan kun

 

IMOM BUXORIY HIKMATLARI:

 

 

Chiroyli so‘zlashni o‘rganganingiz kabi chiroyli tinglashni ham o‘rganing. 
              *       *      *
Ilmga oshno bo‘ling, u umr bo‘yi sizga xizmat qiladi.
*       *      *
Agar biron yomonlik qilsang, ortidan yaxshilik qil.

 

 

 

 

 
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 YOLG‘ON DO‘ST

 

 

 

 

 

Bir vaqt ikki kishi do‘st bo‘lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog‘ ichindan ketub borgonlarinda uzog‘dan bir yo‘lbarsni ko‘rmishlar. Do‘stlarning biri darhol shab yotmish.  Ikkinchisi yerga cho‘zilib, o‘likka o‘xshab yotmish. Yo‘lbars kelib, iskab-iskab o‘lik gumon qilib qaytib ketmish. O‘rtog‘i daraxtdan tushib: 

Birodar, yo‘lbars qulog‘inga nima deb so‘zlab ketdi, – deb so‘ramish. 
Yo‘ldoshi:
– Oh do‘stim, shodlig‘ingda o‘rtog‘ bo‘lub, g‘am vaqtingda tashlab qochadurg‘on nomard kishilar ila yo‘ldosh bo‘lma, – deb so‘zlab ketdi, deb javob bermish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

JANJALCHILIK ZARARI

 

 

 

Bir suv ustiga ko‘pruk kabi bir taxta qo‘yilmish edi. Bu taxtaning ustidan o‘tmak uchun ikki echki ikki tarafdan kelub, bir-biriga yo‘luqti. Biri dediki:
– Man sandan kattaman, san yoshsan, оrqangga qayt, manga yo‘l ber, – dedi. 
Ikkinchisi: 
– San katta bo‘lsang, ulug‘liging o‘zingg‘a, man sandan quvvatli. San qayt. Mandan so‘ngra o‘tarsan, –  deb arolarinda zo‘r g‘avg‘o chiqdi. 
Ikkisi ham bo‘yinlarin egishib, shoxlarin shoxlariga qo‘yushib, chunon suzishdilarki, oxirda suvga yumalab tushub, ikkisi ham suvda g‘arq bo‘ldi.

12.07.2018
G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha