SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

RAMZIMIZ – G‘URURIMIZ 

 

 

–  Gerbimizda qaysi qush
Tasvirlangan ayt, Laylo?
–  U parvozga shay tinchlik,
Ezgulik qushi  –  Humo!
–  Qanday ma’no bildirar
Oppoq paxta va bug‘doy?
–  Ular to‘kinlik, mo‘llik
Hamda yurtimga chiroy.
–  Tog‘ va daryo, dalalar
Ne anglatar  –  bepoyon?
–  Bu bizlar yashab turgan
Jonajon  –  O‘zbekiston!

 

 

 

 

Azamat XUDOYBERGANOV

 

 

 

 

 

 

GERBNI CHIZGAN RASSOM

 

 

 

 

Anvar yurtining butun go‘zalligini tasvirlashni xoh-lardi. Bu oson bo‘lmadi. Chizdi, o‘chirdi. Yana chizdi, yana o‘chirdi. O‘ng tomonga bug‘doy, chap tomonga paxta chizdi. Amudaryo bilan Sirdaryoni ham unutmadi. Yurtining tog‘larini, charaqlagan quyoshini chizdi. Tepaga oy va yulduzni qo‘ndirdi. Rasm deyarli bitdi. Ammo nimadir kamdek edi. Anvar o‘rtaga baxt va iqbol timsoli – Humoning suratini soldi. U hammaga yoqdi.
Bu rasm O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi edi. Uni chizgan rassom esa Anvar Mamajonov.

 

 

 

 

Nurxon YOQUBOVA

 

 

 

 

 

02.07.2018
G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha