SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

ZO‘R QURUVCHI BO‘LAMAN

G‘unchaoy yangi iste’dodlarni izlashda davom etadi. Bu gal uning safari poytaxtimizning Sirg‘ali tumaniga bo‘ldi. 

 

 

 

 

Do‘stingiz Muhammad Ali To‘lqinov olti yoshda. U bu yil tumandagi 322-maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. U a’lochi o‘quvchi bo‘lishi aniq. Chunki qahramonimiz lotin va kirill alifbosi harflarini to‘rt yoshdayoq o‘zlashtirgan. Navoiy, Mashrab, Bedil bobolarimizning g‘azal va ruboiylarini yod olgan. 565-bog‘chada bo‘lgan tadbirlarda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov she’rlaridan o‘qib, hammani lol qoldirgan. U, ayniqsa, “Ur to‘qmoq” va “Sholg‘om” ertagini, “Peshanasiga televizor yopishgan bola” asarini yoqtiradi. Bo‘sh paytlarida futbol o‘ynash jon-u dili. – Katta bo‘lsam, zo‘r quruvchi bo‘laman. Chiroyli binolar solaman, – deydi Muhammad Ali.

 

 

 

 

06.09.2018
G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha