4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

KITOB-OFTOBGA QO‘SHNI_2017_6-SON

KICHIK KUTUBXONACHI

 

        Biz ona tili va adabiyot o‘qituvchimiz bilan birgalikda "Yosh adabiyotshunos" to‘garagi qoshida mo‘jazgina kutubxona tashkil qildik. Men unga kutubxonachi etib tayinlandim. O‘quvchilarning ota- onasi chorakning boshida yangi kitoblar olib berishadi. Kitoblarni o‘qib bo‘lgach bolalar u haqidagi fikrlarini badiiy asar tahlili daftariga yozishadi. O‘quvchilar kutubxonadan yangi kitob o‘qish uchun shu daftarini avval menga ko‘rsatishadi. Keyin yana boshqa kitob olishi mumkin. Shu tariqa bolalarning kitobni qay darajada tushunganini bilib olamiz. Men ham tengdoshlarim qatori zavqqa to‘lib mutolaa qilaman.

 

 

 

  Gulinor XOLMUROTOVA

Surxondaryo viloyati Termiz tumani

                                                                         9-maktab 6-sinf