4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

SHE‘RMUNCHOQ_2017_9-SON

 

VATAN

 

 

Vatan bizning onamiz,

Vatan bizning uyimiz.

Bag‘ringda ulg‘ayib biz

Baxtli inson bo‘lamiz.

 

“A'lo” bahoga o‘qib

Munosib farzand bo‘lay.

Yildan-yilga ulg‘ayib

Sen uchun xizmat qilay.

          

 

 

    Muslimaxon ALIYEVA,

              Farg‘ona viloyati

             Qo‘qon shahri 30-maktab

              2-sinf

      

 

 

 

MUSTAQILLIK

 

 

 

 

 

Sentyabr ilk sanasi -

Bayram deymiz biz uni.

Chunki shu kun yurtimning,

Mustaqil bo‘lgan kuni.

                                                       

 

 

Abbos O‘ROLOV,

                                                      Surxondaryo viloyati Termiz shahri

                                                       13-maktab 6-sinf

 

 

 

 

 

 

 

ONAM YOPGAN NON

 

 

 

 

Onam yopgan non hidi

Dimog‘imdan ketmaydi.

Onam yopgan kulchaga

Hyech kimniki yetmaydi.

Sahar turib non yopar

Hidin har yon taratib.

Nonga qo‘shar sedana

Go‘zal sehr yaratib.

                                                          

 

    

 

 

 

 

Laylo MUSAJONOVA,

                                                     Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman

                                                       29-maktab o‘quvchisi

           

 

 

 

 

 

LIMON

 

 

 

Men limonman limonman,

Vitaminga juda kon.

Tatib ko‘rgach demagin,

“Voy-bu, bunchalik  nordon”.

 

Kel o‘rtoqjon, yaxshisi

Choyingga qo‘shgin asal.

Shunda shirin bo‘laman,

Sen ham bo‘lmaysan kasal.

 

 

 

 

Mo‘minabonu RIXSIBOYEVA,

Toshkent viloyati Zangiota tumani

59-maktab 3-sinf

 

 

 

 

SOAT

 

 

 

Soat bilan bo‘lsang do‘t,

Aslo qolmaysan bekor.

Men-chi sizga ayatayin

O‘rtamizda neki bor.

Kechikmastim maktabga

Har kun erta tur, – deydi.

Dars tugab qorning ochdi,

Tezroq uyga yur, deydi.

Takrorlagin sabog‘ing,

Oyingga ham ber yordam.

Sen uyquga ketganda,

Men ham biroz dam olay dam.

 

 

 

 

 

Mahbuba NUSRATOVA,

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

324- maktab 5-sinf