4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

AHILLIK_2017_9-SON

AHILLIK

 

 

Biz hovlida yashaymiz. Mening patlari kamalak rang, chiroyli xo‘rozim bor. Uni o‘zim parvarish qilaman. Jo‘xori va bug‘doy donlari bilan boqaman. U ham "rahmat" degandek "Qo‘ -qo‘-qo‘", deya ma‘noli qichqirib qo‘yadi. Men ham patlarini silab erkalab qo‘yaman.

Bir kuni dadam bozordan yettita tovuq olib keldi. Avvaliga "ular xo‘rozim bilan chiqishib ketarmikin?" deya cho‘chidim. O‘ziga bildirmay kuzata boshladim. Xo‘rozim tovuqlarni ortidan ergashtirib, hovlini tanishtira ketdi. Tomorqa va bog‘ni aylantirdi. Chumolilarni tutib yeyishni o‘rgatdi. Parrandalar tezda bir- biri bilan do‘stlashib ketishdi. Dadam yonimga kelib: " Xo‘rozing yahshi sardor ekan", deb maqtadilar.

Dadamning gapidan sevinib, dono xo‘rozim bilan faxrlandim.

 

 

 

Muzaffar MIRZAYOROV,

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani

210- maktab 4-sinf