4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

KITOBNING SEHRI_2017_10-SON

 

KITOBNING SEHRI

 

Soyboshi degan tomonda bir bola bo‘lgandi. O‘sha bola qachonki kitob o‘qimoqchi bo‘lsa, boshi og‘riy­verardi. Shuning uchun javonida kitoblar o‘qilmasdan, chang bosib yotardi. Bir kuni ko‘chada o‘ynab yursa,
bir momo qo‘lida og‘ir yuk bilan kelayotgandi. Bolani ko‘rib undan yordam berishini so‘rabdi.

– Evaziga nima berasiz, – debdi bola.

Momo unga quticha beribdi. Bola unga yordamlashgach, qutini ochib qarasa ichida mo‘jazgina kitobcha turgandi. Buni ko‘rgan bolaning yana boshi og‘riy boshlabdi. Shunday bo‘lsayam qizi­qib, uni varaqlab ko‘ribdi. Qarasa, kitobcha juda ham ajoyib ekan. O‘qishga chunonan berilganidan bosh og‘rig‘iyam zumda g‘oyib bo‘libdi. Bola kitob o‘qish foydali ekanligini anglab yetibdi.

Farangiz MUXTOROVA,

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani

2-maktab 6-sinf