SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

QUYONCHANING XATOSI_2018_8-SON

QUYONCHANING XATOSI

 

 

 

 

 

 

Ertak

 

 

 


             Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘rmonda o‘yinqaroq quyoncha yasharkan. U mehribon va soddaligi uchun do‘stlari ko‘p ekan. 
Onasi unga biror joyga so‘ramasdan bormasligini tayinlarkan. U bir kuni do‘stlari bilan o‘ynab yurib, sabzi ekilgan dalani ko‘rib qolibdi. O‘rtoqlari ekinzorga kirib, sabzilardan yeb ko‘raylik, deyishibdi. Shunda quyoncha: “Yo‘q, oyim birovning narsasiga beruxsat tegmaslikni tayinlagan”, – debdi. Lekin quyonchaga sabzilar shunday mazali va shirin tuyulibdiki, u ham boshqalarga qo‘shilib, ekinzorga qanday kirganini sezmay qolibdi. Sabzilarni paqqos tushiribdi. Shu mahal qo‘riqchi it ularni quvib ketibdi. Bari har tarafga qocha boshlabdi. Sabzini ko‘p yegan quyonchaning oyog‘i qayrilib, ortda qolibdi. Itdan bir amallab qutulgan quyonlar oyog‘i qayrilgan do‘stini ko‘rib, noto‘g‘ri ish qilganliklarini tushunishibdi. Quyoncha esa onasining gapiga quloq solmaganidan qattiq afsuslanibdi.

 

 

 

 

 

 

Sevaraxon UBAYDULLAYEVA,
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani 
4-MTM tarbiyachisi

G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha