4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

OCHKO‘Z CHUMOLI_2018_8-SON

OCHKO‘Z CHUMOLI

 

 

         Bor ekan-u, yo‘q ekan. Dalaga yaqin tepalikda chumoli yashagan ekan. Bir kuni u dalada ketayotib, bug‘doy boshog‘ini ko‘rib qolibdi. Uni uyiga olib ketmoqchi bo‘libdi. Lekin boshoq o‘zidan katta bo‘lgani uchun ko‘tara olmabdi. Shu atrofda chumolining do‘stlari yurgan ekan. Avvaliga chumoli do‘stlarini yordamga chaqirmoqchi bo‘libdi. Lekin o‘ljamga sherik bo‘ladi, deb ketishini kutibdi. Shundan keyin chumoli yana boshoqni ko‘tarishga urinibdi. Lekin eplay olmabdi. Shu payt qush uchib kelib, bir cho‘qishda boshoqni ilib ketibdi. Ochko‘z chumoli qizg‘anchiqligi uchun donsiz qolibdi.

 

 

Sohibjamol KARAMATDINOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Kegeyli tumani 11-maktab 6-sinf