4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

NOSHUKR AYIQ_2018_9-SON

Bolgar xalq ertagi

 

 

NOSHUKR AYIQ 

 

 

 

Kunlarning birida dehqon aravasida o‘rmon yoqalab ketib borardi. Yo‘lda chuqur o‘raga ko‘zi tushdi. Qarasa, ichida katta ayiq chiqishga harakat qilardi. Yo‘lovchini ko‘rishi bilan jonivor yalinishga tushdi:
– Ey mehribon inson, menga yordam ber, xohlagan tilagingni bajaraman.
– Seni qanday qutqarishim mumkin? Kuchim yetmaydi-ku! – dehqonning boshi qotdi.
– Chuqurga narvon tashlasang, tirmashardim, – maslahat qildi ayiq.
– Qo‘limda narvon yo‘q, yaxshisi, mana bu taxtani tushiraman.
Ayiq bir amallab o‘radan chiqib oldi. Dehqonga qarab:
– Uyimga yur, qish uchun uch ko‘za asal yig‘ganman. Bittasini senga beraman.
– Menga hech narsa kerakmas, chuqurdan taxtamni olib bersang bas, – dedi dehqon. 
Ular birga ayiqning uyiga kelishdi. Ayiq dehqonga bir ko‘za asalni tutqazib, dedi:
– Asal faqat sen uchun. Oilangdagilarga bera ko‘rma.
Dehqon ko‘zani aravasiga ortdi-da, uyiga jo‘nadi. Darvozadan bolalari yugurib chiqishdi. Ko‘zani ko‘rishlari bilan xursand bo‘lib ketishdi. Otasidan ichida nima borligini so‘rashdi.
– Hech narsa yo‘q, bo‘m-bo‘sh, – javob berdi otasi.
Dehqon ko‘zani omborxonaga olib kirib, bir burchakka ko‘mib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Shunda bolalari asalni ko‘rib qoldi. Otasi ayiq kelishidan xavfsirardi. Nima bo‘lsa bo‘ldi, deya bolalarga asaldan yalatdi. Buni ayiq kuzatib turardi. Dehqon qo‘rqib ketdi. Ular uydan uzoqlashishi bilan tulkiga duch kelishdi. Dehqon xafa bo‘lib, bo‘lgan voqeani unga gapirib berdi. Shunda tulki:
– Ayiq o‘radan taxta yordamida chiqqaniga ishonolmayapman, – dedi.
– Yana ko‘rsatib berishim mumkin, – dedi ayiq jahl bilan.
Ular chuqurlik yoniga kelishdi. Ayiq “Bir, ikki, uch”, deya o‘zini o‘raga otdi. Dehqon bu safar noshukur ayiqqa taxtasini tashlamadi.

 

 

 

 

Rus tilidan Shahnoza KARIMOVA tarjimasi