SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

OLTIN KUZ_2018_10-SON

ONA TILIM

 

 

 

Ona tilim – jon-u dilim,
Sen bor – yashar buyuk elim.
O‘tirmayman boshim egib,
Davralarda burro tilim.

 

 

 

 

Sayragayman bulbul bo‘lib,
Faxr etaman qalbim to‘lib.
Ko‘krak kerib maqtansam kam,
O‘zing ustoz, o‘zing g‘olib.

 

 

 

 

Hayot qoni tomirimda,
Chuqur ma’no zamiringda.
Bitilgansan, ona tilim,
Peshonamda – taqdirimda.

 

 

 

Ravshan ISOQOV

 

 

OLTIN KUZ

 

 

 

 

Kuzning salqin nafasi dastlab,
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

 

 

 

Paxtazorlar oppoq libosda,
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini. 

 

 

 

 

Xolboy SHERDONOV,
Surxondaryo viloyati 
Sherobod tumani
19-maktab o‘qituvchisi

G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha