4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

BIR SINF OBUNA_2018_12-SON

SENDAN ILHOM OLAMIZ

 

 

 

 

 

Sevimli jurnalim! Biz Xorazm viloyati Shovot tumani 43-maktab 4-sinf o‘quvchilarimiz. Darsdan bo‘sh vaqtlarimizda sahifalaringdagi she’r va tez aytishlarni yod  olamiz.  Topishmoqlarga  sinfdoshlarim  bilan  javob topamiz. Har bir sonning kelishi sinfimizda bayramga aylanib ketadi. Sen e’lon qiladigan she’rlardan ilhomlanib, o‘zimiz ham she’r mashq qilib turamiz. Kelayotgan yil uchun ham G‘unchaoyga obuna bo‘ldik.

 

 

 

 

 

 

 

TALASHMASDAN O‘QIYMIZ

 

 

 

 

 

 

Qadrli G‘unchaoy! Biz Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 17-maktabning 2-sinf o‘quvchilarimiz. Har bir soningni kuzatib boramiz. Sahifalaringdan joy olgan ijodkor do‘stlarimizga havas qilamiz. “Ustoz bilan o‘qiymiz” ruknida beriladigan maqol va rivoyatlarni sinf rahbarimiz Shahnoza opa o‘qib beradi. Sinfda 27 nafar o‘quvchimiz. Har birimiz 2019-yil uchun “G‘uncha” jurnaliga obuna  bo‘ldik.  Endi  talashmasdan  mazza  qilib  hikoya  va  ertaklarni  o‘qiymiz.

 

 

 

 

 

 

SOG‘INCH BILAN KUTAMIZ

 

 

 

 

 

 

 

 

Salom, G‘unchaoy. Men Abrorjon Olimjonov bo‘laman. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 36-maktabning 3-sinfida o‘qiyman. Ustozimiz Dilrabo opa Kamolova bizni erkalab, ertamiz qaldirg‘ochlari, deydilar. Mana ikkinchi chorakni tugatdik. 2019-yil uchun “G‘uncha” jurnaliga yakka tartibda yana obuna bo‘ldik. Tinimsiz o‘qishimiz, o‘rganishimizda G‘unchaoy bizga yordam beradi. Har bir soningni sog‘inch bilan kutamiz.