4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

OQTEPALIK QAHRAMONLAR_2019_3-SON

OQTEPALIK QAHRAMONLAR

 

 

        G‘unchaoy Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oqtepa” mahallasiga bordi. U yerda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari To‘lagan bobo Imomov va Sulton bobo Hasanov bilan uchrashdi. Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi. Ular G‘unchaoyga  urush  voqealarini  gapirib  berishdi:

       To‘lagan boboni toliqtirmaslik uchun qizi Basti xola suhbatga qo‘shildi. Boboning jasorati  haqida  aytib  berdi. To‘lagan bobo urushda 1944-yil-gacha xizmat qilgan ekan. Belorussiyada oyog‘idan jarohat olgach, O‘zbekistonga  yuborishgan  ekan.
– 1942-yil akamni, 1943-yilda  esa  otamni urushga olib ketishdi. Shundan keyin bir yil o‘tib, meni ham jo‘natishdi, – dedi Sulton bobo, – askarlarga aravalarda ovqat tashirdik. Akam Oryol-Kursk janggida Setuxa degan qishloqda bedarak ketgan. Bir martagina xat jo‘natgan. Onam akamni kutib yashadi. Juda og‘ir zamonlar bo‘lgan. Bitta nonning puliga kun bo‘yi ishlaganmiz...
G‘unchaoy faxriy qahramonlarga salomatlik tiladi. Jurnallardan ulashib, tahririyatga qaytdi.