SHAPKA BANNER
test2
test banner 3
test banner 1

BOLA UCHUN SHAROIT_2019_6-SON

   Yazguly  MAMMEDOV,

Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi

 

ASOSIY MEZON – BOLA UCHUN SHAROIT YARATISH

 

 

        Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov asosiy e’tiborni yoshlarga beriladigan ta’lim sifatini oshirishga qaratgan. Yosh avlodning salomatligini mustahkamlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish masalalari ushbu yo‘nalishdagi davlat dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Yurtimizda qurilgan yangi maktab va bog‘chalar, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Ular dunyo standartlariga javob beradi. Bolalarning jismoniy va olimpiya borasidagi harakatlari ham quvonarli darajada. Turkmaniston sharafini xalqaro sport maydonlarida himoya qiladigan yosh sportchilar tarbiyalanmoqda. Turkmanistonda ham 1-iyun sanasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram mamlakatimiz milliy bayramlari ro‘yxatiga rasman kiritilgan. Turkmaniston BMT bilan bola huquqlari va manfaatlari borasida hamkorlik qiladi. Bola huquqlariga rioya qilish Turkmaniston milliy qonunchiligining eng muhim jihati bo‘lib kelgan. Yaqinda “Bola huquqlari bo‘yicha davlat kafolati” to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Bola huquqlarini himoya qilish ijtimoiy siyosatning asosiy poydevoridir. 
       Mamlakatimizning har bir burchagida yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, bolalarni sog‘lomlashtirish markazlari dunyo  standartlariga mos keladigan tarzda qad rostlamoqda. Bu vositalarsiz hozirgi maktabgacha va maktab ta’lim tizimini tasavvur etish mushkul. Ushbu yozgi ta’til har bir smenada umumiy sig‘imi Geokder darasidagi 14 ta bolalar sog‘lomlashtirish markazlarida 7 ming 95 nafar va 1 ming 800 nafar bola esa “Avaza” milliy turistik zonasining 8 ta markazida hordiq chiqaradi. 2017-yil may oyida bu yerda yuz nafarga yaqin o‘zbekistonlik bolalar ham dam olish baxtiga muyassar bo‘lishgan. Ular ekskursiya, sport musobaqalari, tanlovlar, adabiy hamda madaniy kechalarda faol bo‘lishgan.
     Yana 1 ming 600 nafar yigit va qizlar viloyatlarda joylashgan 35 ta dam olish markazida ta’tilni o‘tkazadilar. Mamlakat bo‘yicha 700 ga yaqin bolalar uchun dam olish maydonlari bir vaqtning o‘zida 28 ming 200 ga yaqin maktab o‘quvchilarini o‘z bag‘riga oladi. Umumiy hisobda 40 ming bolani qamrab olishga mo‘ljallangan dam olish markazlarida bolajonlarga ustozlari tomonidan g‘amxo‘rlik qilinadi. Ular tomonidan ta’til uchun mo‘ljallangan maxsus, mukammal dastur ishlab chiqilgan.

 

 

 

G‘uncha
g‘uncha
g‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha
G‘uncha