4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

BO'RI VA IT_2019_6-SON

Lev TOLSTOY,
rus yozuvchisi

 

BO'RI VA IT

 

Ertak

 

         O‘rmon yonidagi qishloqda bir oriq bo‘ri semiz itni ko‘rib qolibdi.
– Buncha semizsan, seni kim boqadi? – deb so‘rabdi bo‘ri.
– Meni odamlar boqadi, – debdi it.
– Sening mehnating juda og‘ir ekan, to‘g‘rimi? – so‘rabdi bo‘ri.
– Yo‘q, kechalari yashayotgan uyimizni qo‘riqlayman xolos, – debdi it.
– Faqat shuning uchun seni shunday boqishadimi? Men ham hoziroq shu ishga roziman. Chunki bizga hech kim ovqat bermaydi, – debdi bo‘ri.
U xursand bo‘lib, it bilan birga uyga boribdi. Shunda itning inidagi arqonni ko‘ribdi.
– Bu nima? – deb so‘rabdi bo‘ri.
– Bumi, bu mening bo‘ynimga solinadigan arqon. Kunduzlari meni bog‘lab qo‘yishadi, kechalari esa yechib yuborishadi, – debdi it.
Buni ko‘rgan bo‘ri:
– Yo‘q, bu arqon menga to‘g‘ri kelmaydi. Oriq bo‘lsam ham o‘zimning o‘rmonimda erkin yurganim yaxshi, – deb qaytib ketibdi.

 

Iqbol MALIKOVA tarjimasi