4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

ORZULARI GO'ZAL BOLALAR_7-SON

Husan SODIQOV,
Grafik rassom, illyustrator

 

ORZULARI GO‘ZAL BOLALAR     

 

        Hayotda biror hunarning haqiqiy egasi bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilish kerak. Eng avvalo, ustozlardan mukammal bilim o‘rganish zarur. Har bir inson o‘zining kelajagi uchun bolaligidan poydevor qo‘yadi. Ertangi kunning qanchalik buyuk bo‘lishi ana shunga bog‘liq. Bugun barcha-barchangiz ana shu poydevorni quryapsiz! Bedilning shunday bayti bor:

Birinchi g‘ishtni mo‘rt qo‘yarkan me’mor,
Yulduzga yetsa ham qiyshiqdir devor!

Maktabda o‘z hayot yo‘li uchun birinchi g‘isht qo‘yayotgan bolajonlarga boshlari osmon qadar bo‘lishini tilayman. Orangizda bo‘lajak shoir-u yozuvchilar, rassomlar, me’morlar borligi shubhasiz. Bugun jajji qo‘llari bilan bolalik tasvirlarini oq qog‘ozga muhrlayotgan sinfdoshingiz ertaga mashhur rassom bo‘lib yetishar, balki. Ona yurtimizga foydasi tegadigan, ota-onasi faxrlanadigan inson bo‘lish barchangizga nasib qilsin! Birinchi sinfga kechagina kelgan edingiz. Endi siz savodli o‘quvchilarsiz! O‘zingiz uchun yangi mo‘jizalarni kashf eta oldingiz! Kitoblarning sirli olamiga bemalol sayohat qila olasiz. Umr yo‘llaringizda kitob doimiy hamroh bo‘lsin. Uni o‘zingiz uchun eng yaqin do‘st deb biling. Aslida ham shunday! Jurnalni asta varaqlab, sahifa ustida barmoqlarini yurgizib o‘qiyotgan bolajonlar! Sizlarga qanchalar havasda ekanligimni bilsangiz edi. Chunki sizga barcha imkoniyatlar muhayyo. Har bir o‘tayotgan soniyani qadrlang! O‘rinli foydalangan har bir daqiqangiz kelajakda yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga yordam beradi. Orzularingiz go‘zal bo‘lsin. O‘zingizdek beg‘ubor tilaklar bilan yashang!