4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

HASAD BALOSI_2019_7-SON

Abdulla AVLONIY 

HASAD  BALOSI

 

           Bir kun zog‘cha insonlar kabutarlarni boqub, alarga don berub, yaxshi uyalar yasab berganlariga hasad qilub, ko‘rolmadi. Bul ham kabutar bo‘lub, tekin donlardan yeb, rohatda yashamoq bo‘ldi. O‘zini oq bo‘rga bo‘yab, kabutarxonag‘a kelub, kabutarlar ila birga yashamoqg‘a boshladi. Bir kun osmonda uchub boradurg‘on borcha zog‘chalarni ko‘rub, birdan «chag‘» deb qichqirub yubordi. Hamma kabutarlar buni zog‘cha ekanin bilub, har tarafdan yopushub cho‘qiy boshladilar. Bechora zog‘cha kabutarlar orasindan zo‘rg‘a qochub, zog‘chalar orasig‘a borub qo‘shildi. Zog‘chalar ham buni zog‘cha ekoniga ishonmadilar. Har qancha «chag‘-chag‘» deb yolborsa ham: – Ho nodon, bizni aldayman dersanmi? Bor, zog‘cha bo‘lsang oq choponingni yechib kel! – deb bular ham (aning) boshlariga cho‘qub-cho‘qub jo‘natdilar.
Hissa: Bechora zog‘cha hasad balosiga yo‘luqub, ikki jahon ovorasi bo‘lub qoldi.


Imom al-BUXORIY

YAXSHI MUOMALA QILINMOG‘IGA KIM HAQLIROQ?


          Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir?” – deb so‘radi. Payg‘ambarimiz: “Onang!” – deb aytdilar. U: “Yana kim?” – deb so‘radi. Rasululloh: “Onang!” – dedilar. U: “Yana kim?” – debdi. Rasululloh: “Onang!” – dedilar. U: “Yana kim?” – deb so‘radi. Rasululloh bu safar: “Otang!” – deb javob qildilar.

 

“Al-jome’ as-sahih” kitobidan