4
3
2
1
SHAPKA BANNER
test2

BIRINCHI SHE'RIM_2020_1-SON

Taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. “Ona Yer”, “Bahromning hikoyalari”, “Juda qiziq voqea” kabi she’riy to‘plamlari bolalarning sevimli kitobiga aylanib ulgurgan. “Meshpolvon jangga otlandi”, “0099 raqamli yolg‘onchi”, “Kulgili tushlar” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari ham bolalarga atalgan.

 

 

 

 

 

GEOGRAFIYA DARSIDA

 

 

 

 

– Sichqonchalar – partada,

Qari sichqon dars o‘tar.

Tayoqchani o‘ynatib,

Xaritadan ko‘rsatar.

– Kichraytirib olganmiz,

Mitti demang siz uni.

Asli, salkam qirq sarjin*

Bu chiziqning uzuni.

Eni esa, kamida

O‘n besh sarjin keladi…

Shu omborning hammasi

Bizning Vatan bo‘ladi!

Omborning uch yoni – cho‘l,

Tuproqlari to‘q sariq.

Kesib o‘tgan bir yondan

Cheksiz-tubsiz o‘qariq.

Bu ariqning naryog‘i

Poyonsiz yashil qirg‘oq…

Qisqasi, u tomonlar –

O‘rmondan ham kattaroq.

 

Sarjin – uzunlik o‘lchov birligi

 

G‘uncha o‘quvchilariga maktub

Anvar OBIDJON,

O‘zbekiston xalq shoiri

 

 

 

“G‘UNCHA”DA CHIQQAN BIRINCHI SHE'RIM

 

“G‘uncha” jurnalida she’rlari chop etilgan bolalarning quvonchi menga juda yaxshi tanish. Ayniqsa, jurnalning har bir sonini sevib o‘qiydigan bola bo‘lsa, haqiqiy bayram! She’rim “G‘uncha”da birinchi marta chiqqani kechagidek esimda. 11-12 yoshlarda edim. Vaqt juda tez o‘tadi. Soniyalar oldingizdan chopib ketaveradi. Ularni tutib qolish mumkin emas, lekin “bezamoq” mumkin. Ya’ni, har bir daqiqadan unumli foydalanish darkor. Bolaligimda ham jurnalning barcha sonini o‘qib borardim. Bugun ham sahifalarda bo‘y ko‘rsatayotgan yangi iste’dodlarni kuzataman. Ularga havas bilan qarayman. Kelajaklariga umid bog‘layman. Ertangi kunimizning egalari bo‘lgan bolajonlarni Yangi yil bilan qizg‘in tabriklab qolaman.

 

 

SHKAFCHAM

 

 

Bo‘yoqlari qahva rang

Yarqiraydi, bir qarang.

Juda kelishgan, ixcham,

Mening go‘zal shkafcham.

 

 

 

 

Kunda ikki martaba

Jon-dilimdan artaman.

Shuning uchun yaltirar,

Nurni ortga qaytarar.

 

 

 

 

Turli kitob bor unda,

O‘qib turaman kunda.

Qarang, kelishgan, ixcham,

Mening go‘zal shkafcham.

 

 

 

 

1960 yil, 12-son